Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Koronavirus tufayli 20 mingdan ortiq fuqarosi vafot etgan mamlakatlar soni yana bittaga ko‘paydi

Koronavirus tufayli 20 mingdan ortiq fuqarosi vafot etgan mamlakatlar soni yana bittaga ko‘paydi

Foto: «Europe1.fr»

Fransiyada koronavirusni yuqtirgandan so‘ng vafot etganlar soni 20 ming kishidan oshdi, bir kecha-kunduzda 547 kishi hayotdan ko‘z yumdi, deya xabar berdi mamlakat sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasi boshlig‘i Jerom Salomon.

Bungacha 112 606 kishi COVID-19 ga chalingani, shulardan 19 718 nafari vafot etgani ma’lum qilingandi.

«Umumiy vafot etganlar soni 20 265 kishini tashkil etmoqda», — dedi Salomon brifingda. Uning ta’kidlashicha, shifoxonalarda 12 513 kishi, ijtimoiy va tibbiy-ijtimoiy muassasalarda 7752 kishi hayotdan ko‘z yumgan.

Salomonning so‘zlariga ko‘ra, Fransiyada koronavirus bilan kasallanganlar soni — 114 657. Shunga ko‘ra bemorlar soni bir kecha-kunduzda qariyb 2 ming kishiga ko‘paygan.

Shifoxonalarda 30 584 kishi davolanmoqda, o‘tgan bir kecha-kunduzda 1465 kishi shifoxonaga yotqizilgan. Reanimatsiyada 5683 ta bemor bor. O‘tgan 24 soat ichida 208 ta yangi bemor reanimatsiyaga tushgan. O‘n ikki kundan beri ketma-ket reanimatsiyadagi bemorlar soni kamaymoqda, dedi Fransiya sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasi boshlig‘i.

Fransiyada koronavirus epidemiyasi bilan bog‘liq izolyasiya tartibi 11-maygacha uzaytirilgan. Shundan so‘ng sanitariya holati yaxshilansa, Fransiya karantindan sekin-asta chiqa boshlaydi. Odamlarning harakatlanishi bo‘yicha qat’iy cheklovlar mamlakatda 17-martdan beri amalda. Fransiyada qahvaxonalar, restoranlar, kinoteatrlar, muzeylar, parklar, nooziq-ovqat do‘konlari, o‘quv muassasalari yopilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring