Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Koronavirus tarqalishida semizlar aybdormi?

Koronavirus tarqalishida semizlar aybdormi?

Foto: «Osnmedia.ru»

Amerikalik olimlar koronavirusning tarqalishida asosan keksalar va to‘ladan kelgan odamlarni ayblashmoqda. Bu xulosaga ular chiqargan nafas zarralarini o‘rganish natijasida kelingan.

Tadqiqotga tayanib «Izvestiya»ning yozishicha, yoshi kattalar va tana vazni indeksi yuqori bo‘lgan kishilar respiratorli tomchilarni boshqalarga qaraganda ko‘proq chiqarisharkan.

194 nafar sog‘lom odamning chiqargan havo zarralari tekshirilganda aerozol zarralari miqdori ko‘pligi aniqlangan, deyiladi PNAS.org saytida chop etilgan maqolada.

Olimlar shuni aniqladilarki, tajriba ishtirokchilarning 18 foiziga (35 kishi) chiqarilgan aerozolning 80%i to‘g‘ri kelgan. Bu esa super tarqalish fenomenini tasdiqlaydi. Boz ustiga, bunda tana vazni va yosh muhim ahamiyat kasb etgan.

Boshqa mutaxassislarning fikricha, faqat vazn va yoshga qarab xulosa qilish noto‘g‘ri. Chunki shifokorlar tuzgan ro‘yxatga ko‘ra, virusli yuklama, infeksiya yuqish mexanizmi, bemorning immuniteti, boshqa patogenlar bilan qo‘shilib kelgan infeksiyalar va turli xil shtammlar kabi omillar tufayli virus tez tarqaladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring