Koronavirus tarqalishi surati pasaymayapti. Buxoro va Urgutda aholi orasidan virus aniqlandi

2020 yil 12 iyun soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 4819 (+78) nafarni tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlarining 66 nafari Karantin markazidagi fuqarolar orasida, 5 nafari Sirdaryo viloyatida (shundan 4 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib karantinga olingan, 1 nafari esa xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchisi), 5 nafari Buxoro viloyatida hamda 2 nafari Samarqand viloyati Urgut tumanida aholi orasida aniqlangan.
Ayni paytda yurtimizda 3637 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (75 foiz) sog‘aygan.
Hozirda mamlakatimizda 1163 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Ulardan 12 nafari og‘ir, 2 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter