Koronavirus sportchiga yordam berdi

Koronavirus pandemiyasi tufayli Milliy hokkey ligasi (NHL) pley-off o‘yinlarini o‘tkazish tartibining o‘zgarishi «Tampa-Bey Laytning»ning rossiyalik darvozaboni Andrey Vasilevskiyga liga rekordini yangilashga yordam berdi. Uning statistikasi NHL saytida keltirilgan.
Vasilevskiy darvozasiga berilgan 26 ta zarbani qaytardi va bitta pley-off musobaqasidagi g‘alabalar soni (17 ta) bo‘yicha NHL rekordini o‘rnatdi. Koronavirus pandemiyasi tanaffusga sabab bo‘ldi, muntazam chempionatni to‘xtatishga qaror qilishdi, pley-off musobaqalariga esa, aksincha, qo‘shimcha o‘yinlar va guruh bosqichlarini qo‘shishdi. Ularda rossiyalik sportchi uchta g‘alaba qozondi. Bungacha darvozabonlar pley-offda 16 tadan g‘alaba qozonishga 25 marta muvaffaq bo‘lishgan.
«Tampa» NHL pley-off bosqichi 4-o‘yinda «Dallas Stars»ni mag‘lub etdi. Uchrashuv qo‘shimcha vaqt bilan 5:4 hisobida yakunlandi. «Tampa» to‘rtta g‘alaba bilan seriyada yetakchilik qilmoqda. Keyingi musobaqa 27- sentyabr kuni bo‘lib o‘tadi.
Vasilevskiy 2014-yildan beri «Tampa»da o‘ynamoqda. Rossiya terma jamoasi safida darvozabon jahon chempioniga aylangan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter