Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Koronavirus sabab O‘zbekistonda barcha OTM, maktab va bog‘chalarga 16 martdan ta’til berildi

Koronavirus sabab O‘zbekistonda barcha OTM, maktab va bog‘chalarga 16 martdan ta’til berildi

2020 yilning 16 mart kunidan O‘zbekiston Respublikasidagi barcha umumta’lim maktablari o‘quvchilari uchun ta’til e’lon qilindi.

Mazkur qaror 15 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi bosh vaziri Abdulla Aripov boshchiligidagi koronavirus infeksiyasining tarqalishini oldini olish va ta’lim muassasalarida sanitariya-epidemiologik osoyishtaligini ta’minlash yuzasidan respublika maxsus komissiyasi tomonidan qabul qilindi.

Maktablarda ta’til qilinishi ta’lim muassasalarida sanitariya-epidemiologik osoyishtaligini ta’minlash hamda o‘quvchi va o‘qituvchilarning sog‘lig‘ini himoyalash maqsadida e’lon qilinmoqda.

Shu bilan birga, o‘quvchilar ta’til paytida bilim olishlari uchun O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi tarkibidagi telekompaniyalar bilan birga o‘quv dasturlarida rejalashtirilgan dars mashg‘ulotlarini televizion efirga uzatish uchun videodarslar tasvirga olinadi hamda efir vaqtlari ajratadi.

Televizion videodars mashg‘ulotlarini tayyorlash va uni tasvirga olish bo‘yicha soha xodimlaridan iborat tashkiliy-ijodiy guruh tuziladi.

Videodarslar Xalq ta’limi vazirligining ijtimoiy tarmoqlaridagi kanallar va rasmiy veb-saytlarida, elektron axborot portallari (onlain maktab) orqali ham namoyish etib boriladi.

Shuningdek, komissiyaning topshirig‘iga ko‘ra maktablarda tozalik va dezinfeksiya tadbirlari kuchaytiriladi, ta’lim muassasalaridagi tibbiyot xonalarini zaruriy tibbiy asbob-uskunalar, zararsizlantiruvchi vositalar hamda dori-darmonlar bilan ta’minlanadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring