Koronavirus sabab og‘ir ahvolda qolayotgan bemorlar soni ma’lum qilindi
![Koronavirus sabab og‘ir ahvolda qolayotgan bemorlar soni ma’lum qilindi](https://static.xabaruz.com/crop/2/4/720_460_95_2413524475.jpg)
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshlig‘i, Respublika bosh davlat sanitariya inspektori Nurmat Otabekov yurtimizdagi epidemiologik holat xususida ma’lumot berdi.
Mamlakatimizda ayni daqiqalarga kelib, koronavirus kasalligi bilan 1836 bemor ro‘yxatga olingan. Virusologiya ilmiy-tekshirish institutidan olingan ma’lumotga ko‘ra, ushbu institut klinikasida davolanayotgan 103 bemorning 30 nafarida pnevmoniya klinik belgilari kuzatilyapti, 2 nafarining ahvoli og‘ir, 1 nafarining ahvoli o‘ta og‘ir. Epidemiologiya-mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy tekshirish institutida davolanayotgan 66 bemordan 2 nafarining ahvoli og‘ir. Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasida davolanayotgan 145 bemordan 47 nafarida pnevmoniya klinik belgilari bor, 3 nafarining ahvoli og‘ir, 1 nafarining ahvoli o‘ta og‘ir, deb baholanyapti.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter