Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Koronavirus pandemiyasi yana qancha davom etadi? JSST bayonoti

Koronavirus pandemiyasi yana qancha davom etadi? JSST bayonoti

Foto: «Mega.onemega.com»

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti koronavirus epidemiyasi «yana uzoq» davom etishini ma’lum qildi.

Kuni kecha JSSTning favqulodda qo‘mitasi yig‘ilishida uning vakillari pandemiya xalqaro ahamiyatga ega alohida vaziyat bo‘lib qolyapti, degan xulosaga kelishdi.

Mutaxassislar JSST va uning hamkorlariga koronavirusga qarshi kurashishdagi sa’y-harakatlari uchun minnatdorlik bildirishdi. Tashkilotning favqulodda qo‘mitasida ushbu muammoni hal etishda kuchlarni birlashtirish zarurligi ta’kidlandi hamda yoshlar kasallik tarqalishining oldini olishda barcha imkoniyatlarni ishga solishga chaqirildi.

Ekspertlar pandemiya bilan bog‘liq vaziyatga yana uch oydan so‘ng baho beradigan bo‘lishdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, dunyo bo‘yicha 17,3 million kishi koronavirusga chalingan, ulardan 675 ming nafari vafot etdi. O‘tgan bir kecha-kunduzda 289 ming kishiga COVID-19 tashxisi qo‘yildi, olti ming nafari hayotdan ko‘z yumdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring