Nurmat Otabekov: «Koronavirus barcha hududlarda ko‘payib boryapti»
AOKAda Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a’zosi Nurmat Otabekov ishtirokida brifing o‘tkazildi.
Otabekovning qayd etishicha, koronavirusga chalinganlar mamlakatimizning barcha hududlarda aniqlanyapti va kasallik darajasi ortib boryapti.
«Bugungi kunda O‘zbekiston shifoxonalarida 4 ming 82 nafar bemor davolanmoqda. Ularning 514 nafari o‘ta og‘ir ahvolda, 1 ming 158 nafari esa kasallikni og‘ir o‘tkazmoqda.
Kuni kecha, 28 nafar bekor reanimatsiyaga olingan, 21 nafari esa reanimatsiyadan oddiy palatalarga o‘tkazilgan.
O‘zbekistonda koronavirusga qarshi emlash tadbirlari boshlanganiga uch oydan oshdi. Mamlakatimizda har bir emlash punktida yaratilgan sharoitlar tufayli kuniga 70 nafar odamni emlash imkoniyati mavjud. Biroq afsuski, fuqarolar bu imkoniyatning yarmidan foydalanyapti, xolos, ya’ni, bir kunda bitta punktda 35-37 nafar kishi emlanyapti.
Agar ahvol shu tartibda ketadigan bo‘lsa, ommaviy emlash o‘z samarasini bermasligi mumkin. Negaki, ommaviy emlash qachonki qisqa muddatda katta miqdordagi aholi emlansa, ko‘zlangan samarasini beradi», — dedi Nurmat Otabekov.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter