Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Koronavirus: O‘zbekiston, yaqin xorij va jahondagi vaziyat, 4-iyun (infografika)

Koronavirus: O‘zbekiston, yaqin xorij va jahondagi vaziyat, 4-iyun (infografika)

Infografika: «Xabar.uz»

Bugun, 4-iyun — mamlakatimizda koronavirus infeksiyasi aniqlanganining 82-kuni.

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi bergan ma’lumotga ko‘ra, 3-iyun soat 23:00 holatiga, mamlakatimizda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 3 843 nafarga yetdi: shifo topganlar — 3 014 nafar, vafot etganlar — 16 nafar.

3-iyun sanasida O‘zbekistonda koronavirus 83 kishida aniqlanib, 106 kishi kasallikdan tuzalgan.

«Worldometer» ma’lumotlariga ko‘ra, jahonda koronavirusga chalinganlar soni 6 567 260 nafarga yetdi, shifo topganlar — 3 164 346 nafar, vafot etganlar — 387 911 nafar.

Jahonda koronavirus pandemiyasi boshlanganidan beri ilk marta kasallikdan tuzalganlar soni (3 164 346, 48,1 foiz) davolanayotganlar soni (3 015 003, 45,9 foiz)dan oshdi. 

Koronavirusga chalinganlar soni Shimoliy Amerikada 2 151 631 nafar, Yevropada 2 028 241 nafar, Osiyoda 1 226 670 nafarga yetdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring