Koronavirus infeksiyasi 100dan ortiq mamlakatda qayd etildi
![Koronavirus infeksiyasi 100dan ortiq mamlakatda qayd etildi](https://static.xabaruz.com/crop/3/4/720_460_95_3404748655.png)
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti xabariga ko‘ra, 9-mart holatida 101 mamlakatda koronavirus infeksiyasi holatlari aniqlangan.
Qayd etilishicha, dunyo bo‘ylab ushbu virusdan kasallanganlar soni 105 586 nafarga etgan.
So‘nggi bir kun ichida Bolgariya, Kosta-Rika, Moldova, Fransiya Gvianasi, Maldiv orollari, Malta, Farer orollari va Karib dengizidagi Martinika (Fransiya) oroliga infeksiya kirib borgan.
Eslatib o‘tamiz, 6-mart holatida JSST koronavirus infeksiyasi 79 mamlakatda ro‘yxatga olinganligini ma’lum qilgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter