Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Koronavirus «import»iga qarshi kurashning xitoycha usuli

Koronavirus «import»iga qarshi kurashning xitoycha usuli

Foto: «24tv.ua»

Xitoy xorijdan koronavirus kirib kelishiga qarshi «uchta mudofaa chizig‘i»ni ishlab chiqdi, deya xabar berdi «RIA Novosti».

«Oldingi chiziqda» bojxonachilar faoliyat ko‘rsatadi. Ular o‘tgan 40 kun davomida tana haroratini o‘lchash yo‘li bilan, shuningdek, ularning harakatlanish tarixini o‘rganish yordamida infeksiyani yuqtirgan ko‘plab yo‘lovchilarni aniqlashning uddasidan chiqishdi, deya ma’lum qildi Xitoy kasalliklarni nazorat qilish va profilaktika markazi epidemiologi U Szunyu.

Mudofaaning ikkinchi chizig‘i ikki haftalik karantinni o‘z ichiga oladi. Fuqaroligidan qat’i nazar xorijdan Xitoyga kelgan barcha yo‘lovchilar bu jarayondan o‘tishi shart. Karantinda saqlash muddati, shifokorlarning fikricha, koronavirus pnevmoniyasining inkubatsion davri 14 kun davom etishi bilan izohlanadi.

Mudofaaning uchinchi chizig‘ida tajribali tibbiyot xodimlari joy olishgan. Ular mudofaaning dastlabki ikki chizig‘ida fosh etilmagan bemorlarni aniqlashga xizmat qiladi, deydi U Szunyu.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring