Koronavirus epidemiyasi dengiz toshbaqalarini xursand qildi
Bu yil koronavirus epidemiyasi tufayli Kongo g‘arbiy sohilidagi Mangrov o‘rmonlari dengiz qo‘riqxonasida kutilmaganda noyob turdagi ko‘plab zaytun toshbaqalari tuxumdan chiqdi, odamlar yo‘qligidan shodlanib ketgan katta boshli dengiz toshbaqalari esa uzoq yillar davomida ilk bor Senegaldagi Pushti ko‘lga suzib kelishdi. Bu haqda Janubiy Afrikaning SABC radiokompaniyasi xabar bergan.
Mart oyida Kongoda harakatning cheklanishi va plyajlarning yopilishi zaytun toshbaqalarining ko‘payishiga imkon berdi. Qumga ko‘milgan tuxumlarning butun qolganidan 83 mingta toshbaqa bolasi dunyoga keldi.
Katta boshli dengiz toshbaqalari (loggerxed) 1996-yildan beri ilk bor Pushti ko‘l atrofida paydo bo‘ldi. Mahalliy okeanarium prezidenti Yusuf Alining ta’kidlashicha, pandemiya tufayli toshbaqalarning bu turi, nihoyat, tarixiy joylariga qaytib, tuxum qo‘yish imkoniga ega bo‘lishdi.
Zaytun va katta boshli dengiz toshbaqalari nozik turdagi jonivorlar hisoblanishadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter