Koronavirus davlat rahbarlarini ham ayab o‘tirmayapti
Gonduras prezidenti Xuan Orlando Ernandes COVID-19 va pnevmoniya tashxisi bilan shifoxonaga yotqizildi, deya ma’lum qildi Milliy xavf-xatarlarni boshqarish tizimi vakili.
«Tahlillar o‘pkada arzimagan infiltratlarni ko‘rsatmoqda. O‘pka yallig‘lanishi tashxisi qo‘yilgan, lekin ahvoli yaxshi», — dedi Milliy xavf-xatarlarni boshqarish tizimi vakili Fransis Kontreras. «America HN» radiosi mansabdor shaxsning so‘zlarini keltirgan.
Mamlakat prezidenti 51 yoshda, yaqinda u o‘zida va rafiqasida SARS-CoV-2 koronavirusga topshirgan test natijalari musbat chiqqanligini, shu bois o‘z-o‘zini izolyasiya qilgan holda masofadan turib ishlashni davom ettirishini rejalashtirayotganini ma’lum qilgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter