Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Koronavirus bilan birga pnevmoniya holati ham ko‘paydi – SSV

Koronavirus bilan birga pnevmoniya holati ham ko‘paydi – SSV

So‘nggi bir kun ichida qariyb 1400 nafar kishida koronavirus infeksiyasi aniqlanib, 4 nafar bemor vafot etdi. Bu haqda SSV xabar berdi.

2022 yil 21 yanvar holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 212289 (+1390) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining:

  • 57 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
  • 41 nafari Andijon viloyatida,
  • 59 nafari Buxoro viloyatida,
  • 53 nafari Jizzax viloyatida,
  • 26 nafari Qashqadaryo viloyatida,
  • 22 nafari Navoiy viloyatida,
  • 45 nafari Namangan viloyatida,
  • 39 nafari Samarqand viloyatida,
  • 19 nafari Sirdaryo viloyatida,
  • 77 nafari Surxondaryo viloyatida,
  • 142 nafari Farg‘ona viloyatida,
  • 51 nafari Xorazm viloyatida,
  • 183 nafari Toshkent viloyatida,
  • 576 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Kasallikdan sog‘ayganlar jami 202149 (+437) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 95 foizni tashkil etmoqda.

4 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 1536 nafarni tashkil qildi. Shuningdek, kecha 289 nafar kishida pnevmoniya aniqlandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring