Koronavirus bilan kasallanganlar uchun «o‘lim formulasi» kashf etildi
Xitoylik olimlar koronavirus bemorlari uchun «o‘lim formulasi»ni ishlab chiqishdi, deb xabar berdi «Izvestiya».
Olimlar ishlab chiqqan hisob-kitob tizimi (formula) qaysi bemorlarning holati ikki hafta davomida og‘irlashishi mumkinligini ko‘rsatib beradi. Indeks o‘lim xavfi ostida turgan bemorlarga oldindan yordam ko‘rsatishda qo‘l keladi.
Tadqiqotlarda 172 nafar bemorning kasallik tarixi o‘rganildi. Ularning 50 foizi kasalxonaga yotqizilganidan keyin 28 kun davomida vafot etgan. Aniqlanishicha, tirik qolganlarda limfotsitlar ko‘p va aksincha, organizmdagi yallig‘lanish jarayonlariga og‘ir ta’sir ko‘rsatuvchi interleykin-6 kam ekan.
Yangi usul bilan shifokorlar hali bemorning ahvoli og‘irlashib ketmasidan burun tezkor choralar ko‘rishlari mumkin bo‘ladi, deyiladi xabarda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter