Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Koronavirus bilan kasallangan bemorlar o‘pkasidagi jarohatlar qayta tiklanadimi?

Koronavirus bilan kasallangan bemorlar o‘pkasidagi jarohatlar qayta tiklanadimi?

AOKA huzuridagi shtabda Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Sevara Ubaydullayeva ishtirokida brifing o‘tkazildi.

Brifingda aholidan tushgan ayrim savollarga javob berildi. 

COVID-19 bilan kasallangan bemorlar o‘pkasidagi jarohatlar qayta tiklanadimi?

Bu o‘pkaning qanday va qanchalik jarohatlanishiga bog‘liq. Ya’ni, bemorda MSKT (multispisal kompyuter tomografiya)sida o‘pkadagi jarohatlanishlar qanchalik ko‘p bo‘lsa, shunchalik o‘pkaning tiklanishi qiyinroq va uzoqroq muddatni talab etadi. O‘pkada fibroz to‘qimalar paydo bo‘lsa, u to‘qimalar alveolalarni orqaga tiklanishiga to‘sqinlik qilishi mumkin, shu bois, imkon qadar kasallikdan himoyalanish, uni yengil kechuvini ta’minlash hamda o‘pkaning alveolalari fibroz to‘qimalar bilan qoplanmasligiga harakat qilganingiz maqsadga muvofiqdir.
Yengil va o‘rta og‘ir kechuvidagi bemorlarda jarohatlanish foizi kamroq bo‘lgani bois, bu jarohatlanishlar inson turmush tarziga deyarli ta’sir ko‘rsatmasligi mumkin. Lekin keyinchalik o‘pkani kasallikka chalinuvchan bo‘lib qolishini kuchaytirishi mumkin.

Kasallikni yengil darajada o‘tkazdim, shifokorlarning aytishicha kasallikka immunitet hosil bo‘larkan, endi ko‘chaga tibbiy niqobsiz ham chiqsam bo‘ladimi?

Kasallanib tuzalgandan so‘ng immunitet hosil bo‘ladi, lekin bugungi kunda bizda karantin qoidalari bo‘yicha niqobsiz yurish mumkin emas. Shuningdek, kasallikdan tuzalgan bo‘lsangiz ham, hali organizmingiz tiklanmagan, tibbiy niqobsiz yurib boshqa yuqumli kasalliklarga chalinish imkoniyatingiz kuchayadi va siz boshqa kasallik bilan kasallanishingiz mumkin.

Shu bois, tibbiy niqobni karantin qoidalariga rioya qilgan holda taqib yurish talab etiladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring