Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Koronavirus aniqlangan bemorlar ikki hafta o‘tib vafot etishdi

Koronavirus aniqlangan bemorlar ikki hafta o‘tib vafot etishdi

Toshkent shahar Shayxontohur tumanida yashagan 60 yoshli Z.G. (erkak)da 15-iyul kuni «COVID-19» tasdiqlangan. 18-iyul kuniga qadar bemor uy sharoitida davolangan, so‘ng kasallikning klinik belgilari kuchayganligi sababli Ibn Sino nomli 1-sonli shahar klinik shifoxonasiga olib kelingan va og‘ir holatda reanimatsiya bo‘limiga yotqizilgan.

SSV xabariga ko‘ra, bemorga «COVID-19» infeksiyasining o‘ta og‘ir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qo‘yilgan. Kasallik o‘tkir respirator distress sindromi, o‘tkir nafas yetishmovchiligi, infeksion toksik shok asoratlari bilan kechgan.

Shuningdek, bemor yurak ishemik kasalligi, stabil zo‘riqish stenokardiyasi, gipertoniya, arterial gipertenziya kabi hamroh xastaliklar bilan ham og‘rigan.

Shifoxonada bemorning davolanishi davomida shifokorlar tomonidan konsultatsiya va konsiliumlar qilingan, davolash jarayoni mutaxassislar tavsiyasi asosida olib borilgan.

Bemorning ahvoli asosiy kasallik asoratlari hisobiga stabil og‘ir bo‘lib, mutaxassislar tomonidan o‘tkazilgan reanimatsion muolajalarga qaramay o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligi, o‘tkir respirator distress sindromdan vafot etgan.

***

Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumanida yashagan 59 yoshli Q.R. 17-iyundan Sirdaryo viloyatida xizmat safarida bo‘lgan. Unda 14-iyul kuni COVID-19 tasdiqlangan va Sirdaryo viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasiga yotqizilgan.

Bemorda COVID-19 infeksiyasi o‘ta og‘ir kechishi va ikki tomonlama pnevmoniya o‘tkir respirator distress sindromi, o‘tkir nafas yetishmovchiligining 3-darajasi va poliorgan yetishmovchiligi asoratlari bilan kechgan.

Shuningdek, bemorda kandli diabet, yurak ishemik kasalligi, zo‘riqish stenokardiyasi, gipertoniya kabi hamroh kasalliklar borligi aniqlangan.

Shifoxonada bemorning davolanishi davomida shifokorlar tomonidan konsultatsiya va konsiliumlar qilingan, davolash jarayoni mutaxassislar tavsiyasi asosida olib borilgan.

Bemorning ahvoli asosiy kasallik asoratlari hisobiga stabil og‘ir bo‘lib, mutaxassislar tomonidan o‘tkazilgan reanimatsion choralarga qaramasdan o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligi, o‘tkir respirator distress sindromi va poliorgan yetishmovchiligidan vafot etdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring