Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Koreyalik mutaxassis O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vaziriga o‘rinbosar etib tayinlandi

Koreyalik mutaxassis O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vaziriga o‘rinbosar etib tayinlandi

O‘zbekiston Respublikasi prezidentning qarori bilan Dongvuk Li O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirining o‘rinbosari va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari maslahatchisi lavozimiga tayinlandi. Bu haqda sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Dongvuk Li sog‘liqni saqlash sohasiga ilg‘or xorijiy tajribalarni joriy etish bo‘yicha takliflar tayyorlash va islohotlarni ekspert jihatdan qo‘llab-quvvatlash masalalariga mas’ul bo‘ladi.

Koreyalik mutaxassis shu vaqtga qadar Koreya Respublikasining Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy himoya vazirligida demografik siyosat bo‘yicha vazirning o‘rinbosari edi.

Shuningdek, unga xalqaro standartlar va JSST tavsiyalari asosida sohani kompleks huquqiy tartibga solish, tizimni moliyalashtirish va tashkil etish, majburiy tibbiy sug‘urtani joriy etish, davlat-xususiy sheriklik va tibbiy turizmdan foydalanishning eng yaxshi amaliyotlarini yurtimizda qo‘llash, investitsiyalarni jalb etishda qulay shart-sharoitlar yaratish va raqobat muhitini yaxshilash hamda «elektron sog‘liqni saqlash» tizimlarini keng tatbiq etish kabi vazifalar ham yuklatildi.

Avvalroq, sog‘liqni saqlash vaziriga yangi o‘rinbosar lavozimi joriy etilgani xabar berilgandi.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring