Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Mirzo Ulug‘bek tumani hokimi: «Ko‘p qavatli uylar tomini profnastil bilan yopamiz»

Mirzo Ulug‘bek tumani hokimi: «Ko‘p qavatli uylar tomini profnastil bilan yopamiz»

Foto: «Paritetkirov.ru»

Toshkent shahar hokimligida Mirzo Ulug‘bek tumani hokimi Shavkatbek Irgashev ommaviy axborot vositalari vositalari xodimlari bilan uchrashib, tumanda amalga oshirilayotgan o‘zgarishlar haqida hisobot berdi, jurnalistlarning savollariga javob qaytardi.

«Mirzo Ulug‘bek tumanidagi uch-to‘rtta mahalla yerli mahalla hisoblanadi. Tuman aholisining qariyb 90 foizi ko‘p qavatli uylarda istiqomat qiladi. Shuning uchun ham asosiy ishimiz koomunal sohada bo‘ladi.

Bu yil kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish uchun xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatiga 15 milliard so‘m miqdorida kredit mablag‘i ajratilmoqda.

Bu yil «Obod mahalla» dasturi doirasida Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 54 ta mahallaning 4 tasi mana shu dasturga kiritilgan. Ularni obodonlashtirish uchun 76 milliard sarflanadi. 2022 yilgacha butun mahallalarimizni qamrab olib, dasturni yakunlaymiz.

Shu paytgacha ko‘p qavatli uylarimizning tomi qora qog‘oz bilan yopilar edi. Endi esa faqatgina profnastil bilan yopish rejalashtirilgan», — dedi Mirzo Ulug‘bek tumani hokimi.

Eslatib o‘tamiz, Shavkatbek Irgashev shu yilning 18 aprel kuni Mirzo Ulug‘bek tumani hokimi etib tayinlangan edi. Bunga qadar u Uchtepa tumani hokimi bo‘lgan, 2005−2013-yillarda esa Mirzo Ulug‘bek tumani hokimi vazifasida ishlagan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring