Kontrabandaga aloqador chegarachilar ushlandi
Qirg‘izistonda chegara orqali O‘zbekistonga kontrabanda mollari olib o‘tishga ko‘maklashib kelgan 8 nafar harbiy xizmatchi qo‘lga olindi. Ular Jalolobod viloyati Olabuqa tumani hududidagi «Baymak-avtodorojniy» nazorat-o‘tkazish punktida faoliyat yuritib kelgan.
Chegarachilar 18 dekabrga o‘tar kechasi kontrabanda mollarini ish vaqtidan tashqari paytda o‘tkazayotganda hibsga olingan.
Qirg‘iziston xavfsizlik idorasiga ko‘ra, chegara xizmatchilari pora evaziga nazorat-o‘tkazish punkti orqali noqonuniy tovar olib o‘tishning muntazam tizimini yo‘lga qo‘ygan. Kontrabanda mollari asosan tunda olib o‘tilgan. Jinoiy harakatni yashirish uchun harbiy xizmatchilar hududda elektr energiyasini atayin o‘chirib qo‘ygan. Gumonlanuvchilar aylanma yo‘llar orqali fuqarolarni noqonuniy o‘tkazish bilan ham shug‘ullangan.
Noqonuniy faoliyatda qatnashgan 8 nafar harbiy xizmatchi bilan birga 5 nafar fuqaro ham ushlangani aytilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter