Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Konditsioner ostida doimiy o‘tirishning qanday zararlari bor?

Konditsioner ostida doimiy o‘tirishning qanday zararlari bor?

Foto:«Mk.ru»

Konditsioner ostida doimiy o‘tirish qanday kasalliklarga olib kelishi mumkin? Bu haqda tibbiyot fanlari nomzodi E’zozbek Rizayev ma’lumot berdi.

— Konditsionerlar havoning kirishi va chiqishini ta’minlaydigan ventilyasiyasi bor xona va binolarga o‘rnatish uchun mo‘ljallangan. Bunday sharoitda ularning inson salomatligiga salbiy ta’siri kam bo‘ladi.

Bino yoki xonada ventilyasiya mavjud bo‘lmasa, konditsioner xona havosini bir necha marotaba qayta-qayta sovutadi va quritadi. Havo kislorod bilan to‘yinmaydi. Bu esa salomatlikka salbiy ta’sir ko‘rsatadi.

Konditsionerli xonada muntazam o‘tirib ishlaydigan xodimlar ust kiyimlariga ham e’tibor berishlari kerak. Ularning kiyimlari tabiiy matodan, o‘ziga namlikni yengil singdira oladigan bo‘lgani ma’qul.

Ko‘pchilik konditsionerlarda havoni tozalab beruvchi biofiltrlar o‘rnatilgan. Ular har 3 oyda yangilanib turishi kerak.

Unutmang, konditsionerda nafas tizimi infeksiyalarini ko‘zg‘atuvchi mikroorganizmlar to‘planib qolishi mumkin. Havo namlanishi va namlik darajasining pasayishiga vazifasini bajaruvchi havoni namlantiradigan uskuna qo‘yish lozim.

Oddiy maishiy konditsionerni vaqti-vaqti bilan (ayniqsa, qish mavsumida uzoq ishlatilmay yotganidan keyin) tozalash kerak. Unda to‘plangan changlar tozalagich (filtr)larga o‘tirib qoladi va shu holda ishlatiladigan bo‘lsa, xonaga changli havo tarqatadi. Bu esa har xil kasalliklar keltirib chiqaradigan bakteriyalar ko‘payishi uchun juda qulay sharoitdir.

Konditsionerda xavfli bakteriyalar, viruslar, chang kanalari va allergenlar mavjud. Allergiya, nafas siqish kasali borlar changli havodan nafas olsa, ahvoli yomonlashib qolishi mumkin.

Og‘ir pnevmoniya kasalligining keltirib chiqaradigan mikroblar ham turli sovutish vositalarini «yaxshi ko‘radi». Shunday ekan, konditsioner zararsiz ishlashi uchun uning tozaligiga ham e’tibor bering. Har uch xaftada changyutgich yordamida konditsionerni tozalang yoki suvda yuvib turing. Shu kabi tavsiyalarga amal qilgandagina u sizning salomatligingizga ziyon yetkazmaydi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring