Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kompyuterda o‘chmaydigan papkalardan qutulishning 7 usuli

Kompyuterda o‘chmaydigan papkalardan qutulishning 7 usuli

Foto: «Layfxaker»

  1. Kompyuterni o‘chirib yoqing

Agarda o‘chmay qolgan papkadan tezroq qutulishni istasangiz dastavval kompyuteringizni o‘chirib yoqing. Ko‘plab holatlarda kompyuterni o‘chirib-yoqib, shundan keyin «O‘chirish» tugmasini bosish muammoni hal qiladi.

  1. «Arxivator»dan foydalaning

Agarda o‘chirish jarayonida «Windows» «o‘chiladigan element topilmadi» deya xabar bersa, sizga «arxivator» yordam beradi. Bunda «7ZIP», «WinRAR»dan foydalanish mumkin. Uni ishga tushirib, o‘chirilishi lozim bo‘lgan papkani arxivga aylantirishdan oldin «Fayl siqilgach, uni o‘chirish» funksiyasini ham oldindan belgilash lozim. Dastur avtomatik ravishda direkseriyani o‘chirib yuboradi, sizdan esa faqatgina hosil qilingan arxivni o‘chirish talab qilinadi, xolos.

  1. Administratorning «Uchyetnie zapisi» orqali o‘chirish

Direksiyani o‘chirishdagi muammo foydalanuvchi huquqiga bog‘liq bo‘lishi mumkin. Bu kabi holatlarda tizim administratorning «Uchetnie zapisi»ga parol kiritishni yoki foydalanish huquqi mavjud emasligini ma’lum qiladi. Ularni cheklab o‘tish uchun talab qilingan parolni kiritish yoki tizimga administrator sifatida kirib, shundan so‘nggina papkani o‘chirish mumkin.

  1. Tizimni viruslarga qarshi tekshirib ko‘ring

Shuningdek, kompyuterdagi turli zararli dasturlar yoki viruslar ham papkaning o‘chirilishiga to‘sqinlik qilishi mumkin. Kompyuteringizni antivirus yordamida tekshirib, shundan keyin yana bir bor o‘chirishga urinib ko‘ring.

  1. Papka ichida bloklangan fayllar yo‘qligini tekshiring

Odatda papkalarning ichidagi fayllar yoki dasturlardan foydalanilayotganida uni o‘chirib bo‘lmaydi. Shu kabi vaziyat sodir bo‘lmayotganini tekshing, bu juda oson: direksiyani ochib, kerakli faylni ajratib oling va uni o‘chirib ko‘ring. Agarda tizim rad qilsa ularning barchasini tizim sozlamalari orqali blokdan chiqaring.

  1. Fayl menejerlaridan foydalaning

Agarda standart yo‘l ko‘rsatgichlar ob’yektlarni o‘chirishda yordam bermasa, unda boshqa bir menejerlardan foydalanib ko‘ring. Masalan, «Total Commander» yoki «Commander One».

  1. Papkani xavfsiz rejimda o‘chiring

Yuqoridagi usullar yordam bermasa kompyuterni xavfsiz rejimga o‘tkazing va mummoni yuzaga keltirayotgan direksiyani tanlab, uni o‘chiring.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring