Kompyuterda ko‘p ishlaysizmi? Unda bu qizning hikoyasini eshiting
Byanka umrining aksar qismini bankda — chiroq va o‘nlab kompyuterlar nuri ostida ishlab o‘tkazdi. Keyinchalik faoliyat turini o‘zgartirishga qaror qildi va kosmetologiyaga menejer bo‘lib ishga joylashdi. Byanka har kuni atrofidagilardan terisi undoq, rangi bundoq ekan, degan gaplarni eshitavergach, nihoyat, qiziquvchanligi ustun keldi, deb yozmoqda «Daily Mail».
U teri holatini aniqlovchi tezkor test o‘tkazdi va natijadan o‘zi ham qo‘rqib ketdi. Shu paytgacha unga qoramtir terisi va mayda sepkillari doim yoqardi. Hatto u ataylab tez-tez badanini qoraytirib turardi. Biroq bu safar Byanka shifokor qabuliga otlandi: mutaxassis unga kam quyosh ko‘rganini tushuntirdi.
Buni qarangki, hatto kuchli UV-filtrli krem ham televizor, kompyuter va telefon ekranlaridan taraluvchi HEV-nuridan himoya qilolmas ekan. Bu nur ultrabinafsha nurdan ko‘ra chuqurroq singib, ko‘proq zarar yetkazadi.
«Mening terim bunchalik dahshatli holatda ekanini bilmagan edim... Bu ko‘k nur quyosh nuridan ancha xavfliroq ekan», — dedi u.
Byanka yangi bilimlarga ega bo‘lgach, bir oy ichida o‘z terisini davolashga muvaffaq bo‘ldi. Bunda unga uch bosqichdan iborat har kungi parvarish va har qanday nurlanishdan himoyalovchi — UV, HEV kremlar yordam berdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter