Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kompyuter ichidagi «kompyuter»lar fosh bo‘ldi

Kompyuter ichidagi «kompyuter»lar fosh bo‘ldi

Foto: Bojxona qo‘mitasi axborot xizmati

Turli nayranglarni qo‘llagan holda bojxona nazoratini chetlab o‘tishga bo‘lgan urinishlarga qarshi tizimli ravishda kurash olib borilmoqda, deb xabar bermoqda Bojxona qo‘mitasi axborot xizmati.

Xususan, xorijiy aviareys bilan Toshkent xalqaro aeroportiga uchib kelgan fuqarolar K.A. va Yu.Z.larga tegishli bo‘lgan yuklar skaner qurilmalari yordamida ko‘zdan kechirildi.

Natijada, yuklar orasidagi karton qutidagi kompyuter keysida bojxona nazoratidan yashirish maqsadida uddaburonlik bilan joylashtirilgan, umumiy qiymati 100 million so‘mlik kompyuter ehtiyot qismlari borligi aniqlandi.

Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring