Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Dasturchi uchun eng kerakli ko‘nikma — matematika emas

Dasturchi uchun eng kerakli ko‘nikma — matematika emas

Foto: «Indikator»

Dasturchilar uchun eng muhim ko‘nikma, ko‘pchilik o‘ylaganidek, matematika emas, balki tillarni o‘rganish qobiliyati ekan. Vashington universiteti olimlari o‘tkazgan tadqiqot («Nature’s Scientific Reports» jurnalida chop etilgan) yakunida shunday xulosa chiqarilgan.

Tadqiqotda ilgari dasturlash bilan shug‘ullanmagan 42 kishi qatnashdi. Avvaliga ulardan diqqatni jamlash, mantiq, tillar, hisoblash va matematika bo‘yicha testlar olindi.

Sinov chog‘i qatnashchilarga Python dasturlash tili bo‘yicha har biri 45 daqiqalik o‘nta mashg‘ulot o‘tildi. Har bir mashg‘ulot oxirida test olindi. Tadqiqotchilar ularning o‘rganish tezligi va tekshiruv natijalarini kuzatib borishdi. Eng oxirida «Tosh, qaychi, qog‘oz» o‘yini kodini yozish topshirig‘i berildi.

Olimlar shunday xulosaga kelishdiki, Python dasturlash tilini o‘rganishda tillarga moyilligi yuqori o‘quvchilar eng yaxshi natija ko‘rsatishadi. Xotirasi va mantiqiy fikrlashi yaxshi o‘quvchilar ham chakki natija ko‘rsatishmagan. Matematik qobiliyat esa deyarli ahamiyat kasb etmagan...

«Dasturlashda shunday tasavvur shakllanib qolgan — yo maxsus kurslarda o‘qish shartligi, yo haqiqiy dasturchi bo‘lish uchun matematik qobiliyat yuqori bo‘lishi kerakligi aytiladi. Holbuki, bizning tadqiqotimiz buni tasdiqlamadi», — dedi ushbu tadqiqot yetakchi mualliflaridan biri Shantel Prat.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring