Mask «SpaceX» va «Tesla» kompaniyalari sahifasini «Facebook»dan o‘chirdi
«SpaceX» va «Tesla» kompaniyalari egasi Elon Mask #deletefacebook harakatiga qo‘shildi va o‘z kompaniyalari sahifalarini tarmoqdan o‘chirib yubordi, deb xabar berdi «Vedomosti».
«Mard bo‘lsangiz, «SpaceX»ni «Facebook»dan o‘chirib yuboring» — deb yozgandi «Twitter» foydalanuvchilardan biri. Bunga javoban Mask bunday sahifalar borligini bilmagani, bor bo‘lsa o‘chirib yuborishini aytgandi.
Eslatib o‘tamiz, «Cambridge Analytica» firmasi ijtimoiy tarmoqning 50 million foydalanuvchisi shaxsiy ma’lumotlaridan foydalanishiga doir mojaro paydo bo‘lganidan keyin «Facebook»dan voz kechishga chorlovlar avj oldi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter