Kommunistlar yetakchisi Shri-Lanka prezidenti bo‘ldi
Shri-Lankada o‘tkazilgan prezident saylovida 55 yoshli marksist Anura Kumara Dissanayake g‘alaba qozondi.
Markaziy saylov komissiyasi 22-sentyabr kuni e’lon qilgan ma’lumotga ko‘ra, muxolifatdagi «Milliy xalq hokimiyati» alyansi 42 foiz ovoz to‘plab, boshqa bir muxolifatchi — Sajit Premadas hamda amaldagi prezident Ranil Vikramsingxni ortda qoldirdi.
Anura Kumara Dissanayake — 2014-yildan buyon Shri-Lanka kommunistik partiyasi (JVP) yetakchisi. O‘z saylovoldi dasturida u keng ko‘lamli islohotlar o‘tkazish, xususan, korrupsiyani tag-tugi bilan quritishga va’da bergandi.
«Umid va orziqishga to‘la millionlab ko‘zlar bizni olg‘a chorlamoqda va biz birgalikda Shri-Lanka tarixini qayta yozishga tayyormiz», — g‘alaba qozongani e’lon qilinganidan so‘ng Dissanayake X ijtimoiy tarmog‘ida shu so‘zlar bitilgan postni joyladi.
Komissiyaga ko‘ra, saylovchilarning 76 foizi yoki 13,6 mln kishi ovoz berishda qatnashgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter