Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ko‘mir yetkazib berishdagi talon-torojliklar fosh etildi

Ko‘mir yetkazib berishdagi talon-torojliklar fosh etildi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Taxiatosh tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda «U.E.» MChJ mas’ul shaxslari davlat xususiy sherikchilik bitimga asossan tumandagi 49 ta ijtimoiy soha ob’yektlarini isitish mavsumida ko‘mir bilan uzluksiz ta’minlash uchun ajratilgan mablag‘larning 452,3 mln so‘mini boshqa maqsadlarga sarflab, o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Departamentning Baliqchi tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda «Ko‘mir ta’minot» MChJning Shahrixon ko‘mir ombori mas’ul shaxslari aholiga imtiyozli narxda 612,3 tonna ko‘mir sotilganligi to‘g‘risida soxta hujjatlarni rasmiylashtirib, ushbu ko‘mirni bozor narxida boshqa shaxslarga sotib yuborganliklari aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring