Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Komil Allamjonov videomurojaat yo‘lladi

Komil Allamjonov videomurojaat yo‘lladi

Videodan kadr.

Prezident Admistratsiyasi raisi o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan Komil Allamjonov videomurojaat yo‘lladi.

Unda Allamjonov yangi vazifa sabab avvalgi lavozimlardan ketganini e’lon qilgan. 

«Men bugun juda mas’uliyatli vazifaga tayinlandim. Bugundan boshlab Mass-mediani qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi lavozimidagi faoliyatimni yakunlayman. Va shuni ta’kidlab o‘tmoqchimanki, men bugundan boshlab barcha biznes loyihalarim, kompaniyalarimni ham boshqa egalariga topshiraman. Bugundan boshlab men biznesmen emasman. Chunki men manfaatlar to‘qnashuviga mutlaqo qarshiman va qolganlarga ham shuni maslahat beraman. Fondimizga tez orada yangi rais tayinlanadi», deydi u. 

Shuningdek, Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi lavozimidan ham ketgan. 

Eslatib o‘tamiz, biroz avval Komil Allamjonovni yangi vazifaga tayinlash bo‘yicha prezident farmoni chiqqandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring