Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Komendantlik soati e’lon qilinishi haqidagi xabarlar yolg‘on

Komendantlik soati e’lon qilinishi haqidagi xabarlar yolg‘on

Ijtimoiy tarmoqlarda va Telegram kanallarda tarqatilayotgan, xabar sirenalari o‘rnatilayotgani va ular orqali komendantlik soati e’lon qilinishi haqidagi audio va fotomateriallar yolg‘on va haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. Bu haqda koronavirus bilan bog‘liq rasmiy xabarlarni tarqatadigan «Koronavirus Info» kanalida ma’lum qilindi.

Eslatib o‘tamiz, aholi orasida vahima chiqarishga qaratilgan ma’lumotlar va materiallarni har qanday shaklda tarqatish 66 mln 900 ming so‘mdan 89 mln 200 ming so‘mgacha miqdorda jarima yoki 3 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash yoxud 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring