Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Hibsdan davlat rahbarligigacha: hokimiyat tepasiga kelgan Sadir Japarov kim o‘zi?

Hibsdan davlat rahbarligigacha: hokimiyat tepasiga kelgan Sadir Japarov kim o‘zi?

Foto:«Kabar.kg»

Bu yil Qirg‘iziston siyosiy hayotida sinovli davr bo‘ldi. Parlament saylovi natijalaridan so‘ng boshlangan taloto‘plar kuchlar muvozanatini o‘zgartirdi. Natijada, prezident Jeenbekov iste’fo berib, hamma vakolat yangi bosh vazir Sadir Japarov ixtiyoriga o‘tdi.

Xo‘sh, yangi hukumat rahbari qanday yo‘llarni bosib o‘tgan? Qirg‘izistonning birinchi raqamli shaxsi bo‘lishga da’vogarlik qilayotgan Japarovning qisqacha hayot yo‘li qanday? Bu safar shu xususda fikr yuritamiz.

Sadir Nurgozhoyevich Japarov 1968-yil 6-dekabrda Qirg‘izistonning Issiqko‘l viloyati Ken-Suv qishlog‘ida tug‘ilgan.

1987-yilda mehnat faoliyatini Qirg‘izistonning Chuy viloyatidagi «Santash» kolxozida ishchi sifatida boshlagan.

2006-yilda Boris Yelsin nomidagi Qirg‘iziston-Rossiya Slavyan universitetini tugatgan.

2005-yilgacha Japarov «Soltonkul» fermer xo‘jaligining rahbari, «Kergei» neft kompaniyasining direktori, Issiqko‘l viloyati Ichki ishlar boshqarmasi maxsus kompaniyasining inspektori, «Guzel» va «Nurneftegaz» kompaniyalarining bosh direktori bo‘lgan.

2005-2007-yillarda, shuningdek 2010-2013-yillarda u Jo‘qorg‘i Kenges deputati etib saylangan edi.

2007-2009-yillarda u Qirg‘iziston prezidenti Qurmanbek Bakiyevning maslahatchisi, 2008-2009-yillarda Qirg‘izistonning korrupsiyaning oldini olish milliy agentligining komissari bo‘lgan.

2009-2010-yillarda u Qirg‘iziston davlat kadrlar xizmati huzuridagi Korrupsiyaning oldini olish agentligini boshqardi.

2012-yil oktyabr oyida Sadir Japarov deputat sifatida «Qumtor» koni tashqarisidagi norozilik aksiyasiga partiyadoshlari: «Ata-Jurt» partiyasi lideri Kamchibek Tashiyev va deputat Talant Mamitov bilan birga bordi. Miting paytida Tashiyev boshchiligidagi bir guruh odamlar Oq uyning panjarasidan oshib o‘tishdi. Ushbu ish Oliy sudda ko‘rib chiqilib, unda Toshiyev, Japarov va Mamitov hokimiyatni zo‘rlik bilan egallab olishga urinishda va konstitutsiyaviy tuzumni ag‘darishga qaratilgan ommaviy da’volarda aybdor deb topildi. Tashiyev va Japarov 1 yil 5 oyga, Mamitov bir yilga ozodlikdan mahrum qilindi.

Keyinchalik, Japarov chet elga ketgan, bir muncha vaqt Kiprda va Rossiyada yashagan.

2013-yilda yana deputatlik mandatidan o‘tdi.

2013-yilda Issiqko‘l viloyati Saruu qishlog‘ida «Qumtor» konini milliylashtirishni talab qilgan miting bo‘lib o‘tdi. Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, miting Sadir Japarov tomonidan moliyalashtirilgan. Ishtirokchilar hukumatning Issiqko‘l mintaqasidagi vakolatli vakili Emil Kaptagayev boshchiligidagi bir necha kishini garovga olishdi. Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, Japarov namoyishchilarga telefon orqali ko‘rsatma bergan. Unga nisbatan Jinoyat kodeksining to‘rtta moddasi: «qotillik tahdidi», «garovga olish», «bezorilik» va «hokimiyat vakiliga zo‘ravonlik ishlatish» bo‘yicha ish qo‘zg‘atilgan.

To‘rt yil chet elda bo‘lganidan keyin Japarov Qirg‘izistonga qaytishga qaror qildi. 2017-yil 25-martda u Qirg‘iziston-Qozog‘iston chegarasida hibsga olingan va 11 yil 6 oyga qattiq tartibli koloniyaga ozodlikdan mahrum qilingan.

Foto: For.kg

2020-yil 5-oktyabrda parlament saylovlari natijalaridan rozi bo‘lmaganlar namoyishchilar va xavfsizlik kuchlari o‘rtasidagi to‘qnashuvlar sodir bo‘ldi.

13-oktyabrda prezident Sooronbay Jeenbekov Japarovning bosh vazir etib tayinlanishini rad etdi. U parlamentdan ertasi kuni bo‘lib o‘tgan saylovda Japarov yana ushbu lavozimga tayinlanishi uchun yana ovoz berishlarini so‘radi. Jeenbekov Japarovning nomzodini ma’qulladi, ammo uning yangi parlament saylovlari o‘tkazilguniga qadar iste’foga chiqish talablarini rad etdi. Biroq, 15 oktyabrda prezident Jeenbekov o‘z lavozimidan iste’foga chiqdi.

Qirg‘iziston Respublikasi qonun hujjatlariga ko‘ra parlament spikeri vaqtinchalik Qirg‘iziston Respublikasi prezidenti lavozimini bajaruvchisi bo‘lishi talab etilardi. Dastlab, parlament spikeri Kanat Isayev prezident vazifasini bajaruvchi rolni bajarishga kirishgan bo‘lsa-da, Japarov o‘zini prezident vazifasini bajaruvchi deb e’lon qildi. Isayev bu lavozimdan bosh tortganligi va natijada Japarov prezident vazifasini bajaruvchi bo‘lganligi aytilmoqda.

Natijada, 10 kuncha avval qamoqda bo‘lgan Japarov mamlakatning birinchi shaxsi bo‘lishday vazifani uddasidan chiqdi.

«Xudoga shukur qilishimiz kerakki, hokimiyat almashinuvi qon to‘kilishsiz o‘tdi» -, bu Japarovning so‘nggi kunlarda so‘zlagan nutqlaridan iqtibosdir. Bu esa yangi shakllanayotgan hukumatning tinchlik yo‘lidan borishiga umid uyg‘otadi. 

Sanjar Mashriqiy tayyorladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring