Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Kolumbda bor alamim manim...»: kechagi qahramon bugun dushmanga aylandi

«Kolumbda bor alamim manim...»: kechagi qahramon bugun dushmanga aylandi

Mexikodagi Xristofor Kolumb haykali.

Foto: «Skyscrapercity.com»

«Amerika xalqlarini XV—XVI-asrlarda zabt etishda qatnashgan Xristofor Kolumb hamda Ernan Kortesga qo‘yilgan yodgorliklarni Meksikadan yo‘qotish kerak» — bu g‘oyani mamlakat Yashil ekologik partiyasi vakillari ilgari surishmoqda. Xususan, «El Universal» deputat Teresa Ramos Arreolaga asoslanib shanday xabar berdi.

«Bu ikki personaj (Xristofor Kolumb va Ernan Kortes) konkista (mustamlakachilik) asoschilari va harakatlantiruvchilaridir», — dedi deputat.

Amerikani ochgan Xristofor Kolumbga qo‘yilgan yodgorliklarni yo‘q qilish g‘oyasi AQShning so‘l siyosiy kuchlari tomonidan ham olg‘a surilyapti va hatto ayrim joylarda bu ishga qo‘l urishgacha borib yetishdi. Ularning fikricha, Amerikaning yevropaliklar tomonidan 1492-yili ochilishi tubjoy aholisining genotsid qilinishiga olib kelgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring