Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ertaga Toshkentda bir qator ko‘chalarda harakat cheklanadi

Ertaga Toshkentda bir qator ko‘chalarda harakat cheklanadi

Foto: Xabar.uz

2022-yil 27-fevral kuni «Toshkent yoshlarni sevadi» nomli yoshlar festivali doirasida Toshkent yarim marafoni bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

Shu sababli quyidagi ko‘chalarda 27-fevral kuni soat 07:00dan soat 11:00gacha avtomobillar harakati vaqtincha cheklanadi:

  • I.Karimov va Olmazor ko‘chalari kesishgan chorrahadan Olmazor ko‘chasi bo‘ylab Beshyog‘och ko‘chasigacha bo‘lgan qismi,  
  • Beshyog‘och va Furqat ko‘chalari kesishgan chorrahadan Beshyog‘och ko‘chasi bo‘ylab, I.Karimov ko‘chasigacha bo‘lgan qismi,  
  • Beshyog‘och ko‘chasidan Afrosiyob ko‘chasi bo‘ylab, Sh.Rashidov ko‘chasigacha bo‘lgan qismi,
  • Afrosiyob ko‘chasidan Sh.Rashidov ko‘chasi bo‘ylab, I.Karimov ko‘chasigacha bo‘lgan qismi,
  • Sh.Rashidov ko‘chasidan I.Karimov ko‘chasi bo‘ylab Olmazor ko‘chasigacha bo‘lgan qismi.

 Shuningdek, Toshkent shahar hokimiyati va Toshkent shahar IIBB tashabbusi bilan 27-fevral - yakshanba kuni soat 11:00dan Shayxontohur tumanida joylashgan «Anhor lokomotiv» istirohat bog‘ida «Toshkent yoshlarni sevadi» nomli yoshlar festivaliga start beriladi.

Shu sababli quyidagi ko‘chalarda transport vositalarining harakati soat 10:00dan 14:00gacha cheklanadi: 

  • Sh.Rashidov – A.Qodiriy ko‘chalari kesishgan chorrahadan A.Qodiriy ko‘chasi bo‘ylab A.Qodiriy-Qorasaroy ko‘chalari kesishgan chorrahasigacha bo‘lgan qismi,
  • Labzak – Zulfiyaxonim ko‘chalari kesishgan chorrahadan Labzak ko‘chasi bo‘ylab A.Navoiy chorrahasiga bo‘lgan qismi vaqtincha yopiladi.
Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring