Ko‘chada IIV, Milliy gvardiya va DAN xodimlari odamlarni to‘xtatib, avtobusda olib ketayotganiga izoh berildi

Bugun AOKA shtabida IIV Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Erali Bozorov ishtirokida brifing bo‘lib o‘tdi. Brifingda muhim savol va murojaatlar yuzasidan javob qaytarildi.
— Nega ichki YPX postlari tashkil etildi? Nima uchun ko‘chada militsiya, Milliy gvardiya, DAN xodimi odamlarni to‘xtatib, avtobusga olib kirishayapti?
— Maxsus komissiyaning 2020 yil 8 apreldagi 17-son bayonida fuqarolarning karantin davrida joriy etilgan tartib va qoidalar hamda «o‘zini yakkalash» hayot tarziga zid ravishda sababsiz uydan tashqariga chiqishi, jamoat joylarida bo‘lishi — ma’muriy javobgarlikka tortilishiga sabab bo‘lishi belgilab berildi.
Toshkent shahrida 55 ta asosiy ko‘chalarda va 6 ta maxsus yo‘nalishda 1096 nafar o‘zgarmas shaxsiy tarkibdan va 171 ta maxsus texnikadan iborat, jami 61 ta «Madad» guruhlari tashkil etildi.
Karantin tadbirlarini ta’minlashni yanada kuchaytirish, mahallalar ichki ko‘chalarida fuqarolarning bemaqsad yurishlarining oldini olish, «o‘zini yakkalash» hayot tarzini amalda tatbiq etish maqsadida:
514 ta mahallada 2483 nafar xodimlardan iborat 778 ta «Jamoatchilik nazorati maskan»lari tashkil etildi.
Toshkent shahri hududida bemaqsad yurgan, o‘rnatilgan cheklovlarni buzgan shaxslarga nisbatan belgilangan tartibda chora ko‘rishlikni ta’minlash maqsadida, 18 ta maxsus avtobuslarda, 108 nafar shaxsiy tartibda iborat «To‘siq» guruhlari tashkil etildi.
— Jarima maydonida avtomobilga biror kor-hol bo‘lsa, zararni kim qoplaydi?
— Bugungi kunda respublikamiz bo‘yicha 233 ta jarima maydoni faoliyat olib bormoqda. Ushbu jarima maydonchalarining barchasi yuridik shaxslarga tegishli bo‘lib, transport vositalarini saqlash xizmatlari ko‘rsatish ushbu yuridik shaxslar tomonidan amalga oshiriladi.
Jarima maydonchasiga transport vositasi qabul qilish-topshirish dalolatnomasi asosida joylashtiriladi. Transport vositasi jarima maydonchasiga joylashtirilgandan keyin uning saqlanishi uchun xizmat ko‘rsatuvchi yuridik shaxs, ya’ni jarima maydonchaning egasi javob beradi.
Ya’ni, jarima maydonchasidagi avtomobilga biror kor-hol bo‘lsa, zarar xizmat ko‘rsatuvchi yuridik shaxs (jarima maydoni egasi) tomonidan QOPLANADI.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter