Kobuldagi portlashda kamida 7 kishi halok bo‘ldi

Afg‘oniston qishloq hududlarini tiklash va rivojlantirish vazirligi darvozasi oldida xudkush o‘zini portlatib yuborishi oqibatida kamida 7 kishi halok bo‘ldi, 15 kishi yaralandi. Bu haqda «RIA Novosti» xabar bermoqda.
Avvalroq Qobul politsiya boshqarmasi voqea oqibatida 10 kishi jabrlangani haqida ma’lumot bergan edi.
Portlash bugun kunning ikkinchi yarmida binodan chiqaverishda sodir bo‘lgan. Xudkush vazirlik xodimlari ishdan qaytayotganida o‘zini portlatib yuborgan.
Voqea yuzasidan hech bir terrorchi guruh mas’uliyatni bo‘yniga olmagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter