Kobuldagi otishmada 17 kishi halok bo‘ldi
Afg‘onistonning bir qancha shaharlarida Panjsher viloyati qo‘lga olinishi haqidagi xabarlar ortidan tinimsiz o‘q otilishi natijasida 70 dan ortiq odam halok bo‘ldi, yana bir necha o‘nlab kishi yaralangan. Bu haqda The Khaama Press ma’lum qildi.
4-sentyabrga o‘tar kechasi «Tolibon» harakati Panjsher viloyatining yangi hokimiyatiga qarshilik to‘xtatilgani haqidagi xabarlar sabab xursandchilik sabab havoga o‘q uzdilar.
Keyinchalik, hududni egallab turgan qarshi kuchlar viloyatni «Tolibon» nazoratiga o‘tishi haqidagi bayonotlarni rad etdi.
Kobuldagi shoshilinch yordam ko‘rsatuvchi kasalxona ma’lumotlariga ko‘ra, otishmada 17 kishi halok bo‘lgan, 40 kishi jarohatlangan. Yana 17 kishi mamlakat sharqidagi Jalolobod shahrida o‘ldirilgani haqida xabar qilingan.
Avvalroq, «Tolibon» Panjsher viloyatining strategik hududini qo‘lga olganini ma’lum qilgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter