Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Kobalt» yo‘l patrul xizmati xodimini urib ketdi

«Kobalt» yo‘l patrul xizmati xodimini urib ketdi

Foto: «guvd.uz»

Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanida 2-may kuni soat 19.00 atrofida, «Toshkent Avto Agent» MChJ haydovchisi Sh.Aliyev o‘ziga biriktirilgan «Kobalt» rusumli avtomashinasida yo‘l patrul xizmati xodimini urib yuborgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

Voqea YPX inspektori, kichik serjant  Yu.Sultonov Mirzo Ulug‘bek – Do‘rmon yo‘li ko‘chalari chorrahasida xizmat olib borayotganida sodir bo‘lgan. Natijada Yu.Sultonov jarohat olib, kasalxonaga yotqizilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring