Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati-2025: «Mercedes-Benz Stadium»ga sayohat

Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati-2025: «Mercedes-Benz Stadium»ga sayohat

Joriy yilning 14-iyunidan 13-iyuliga qadar Amerika Qo‘shma Shtatlarida klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati bo‘lib o‘tadi. Bu galgi turnir avvalgilaridan farqli ravishda 32 jamoaning ishtirokida o‘tadi. Xabar.uz ushbu yirik musobaqaga mezbonlik qiladigan stadionlar haqida ma’lumot berib boradi.

Sayohatimizni Jorjiya shtatidagi Atlanta shahrida joylashgan «Mercedes-Benz Stadium»dan boshlaymiz.

«Janub poytaxti» — Atalantaga sayohat
Shahar haqida qisqacha
Atlanta 1837-yili temir yo‘l tutash nuqtasi sifatida asos solingan va AQSh fuqarolik urushi davrida muhim strategik hudud hisoblangan. 1864-yili Sherman yurishi davomida deyarli butunlay vayron qilinganiga qaramay, tez orada qayta tiklandi va bugungi kunda AQShning iqtisodiy va madaniy markazlaridan biriga aylangan.
Atlanta — Martin Lyuter Kingning vatani. Uning yodgorlik muzeyi bugungi kunda shaharning madaniy yuragiga aylangan.
Shahar 1996-yili Atlanta Yozgi Olimpiya o‘yinlariga mezbonlik qilgan.
Shuningdek, shaharda «Coca-Cola», «Delta Air Lines», CNN va UPS kabi dunyoga mashhur kompaniyalarning bosh qarorgohlari ham joylashgan.

«Mercedes-Benz Stadium» – Zamonaviy sport va texnologiya uyg‘unligi
Qisqacha ma’lumot:
• Manzil: Atlanta, Jorjiya shtati, AQSh
• Qurilish boshlangan: 2014-yil
• Ochilish sanasi: 2017-yil--26 avgust
• Qiymati: 1.6 milliard dollar
• Sig‘imi: 71 000 (o‘yinlar), 75 000+ (musiqiy tadbirlar)
• Mezbon jamoalar:
o «Atlanta Falcons» (NFL)
o «Atlanta United FC» (MLS)

Arxitekturasi
«Mercedes-Benz Stadium» sport inshootlari orasida zamonaviy arxitekturaning yorqin namunalaridan biri hisoblanadi. Uning tom qismi Rim Panteonidan ilhomlangan bo‘lib, kamera linzasi kabi ochilib-yopiladigan mexanizmga ega. Bu nafaqat estetik, balki funksional jihatdan ham muhim: yorug‘lik tabiiy ravishda stadion maydoniga tushadi.
Tom ostida dunyoda yagona bo‘lgan 360 darajali LED ekran joylashgan. Shuningdek, stadionning bir devori to‘liq shishadan yasalgan bo‘lib, u orqali Atlanta shahrining panoramasi namoyon bo‘ladi.

Ekologik yondashuv
Stadion LEED (Leadership in Energy and Environmental Design) bo‘yicha 100 balldan 88 ball to‘plagan bo‘lib, bu sport inshootlari orasida eng yuqori ko‘rsatkichlardan biri. Energiya tejamkor uskunalar, suvni qayta ishlash tizimi va atrof-muhitga e’tibor stadionning ekologik ustunligini namoyon qiladi.

Innovatsion tom
Stadionning eng noyob jihati — 200 futlik ETFE (etilen-tetraftoretilen) materialidan yasalgan, sakkizta uchburchak qismdan iborat tomidir. Har bir qism 16 ta mustaqil trekda harakatlanadi va istalgan vaqtda ochilib-yopilishi mumkin. ETFE membranalari maydonni tabiiy yorug‘lik bilan ta’minlashda yordam beradi va bu texnologiya borasida dunyoda yagona loyiha hisoblanadi.

Tabiat bilan uyg‘unlik
Stadion tarixiy jihatdan toshqinlarga moyil hudud — Proctor Creek havzasi hududida joylashgan. Shu bois, tom ostida 9 million litrgacha suvni saqlaydigan maxsus rezervuar qurilgan. Bu toshqin xavfini kamaytirish bilan birga, daraxtlarni sug‘orish tizimi sifatida ham xizmat qiladi.
Klublar mundiali davomida ushbu stadionda bo‘lib o‘tadigan uchrashuvlar:

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring