Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Klublar o‘rtasidagi jahon chempionatining barcha ishtirokchilari ma’lum bo‘ldi

Klublar o‘rtasidagi jahon chempionatining barcha ishtirokchilari ma’lum bo‘ldi

Foto: Getty Images

Braziliyaning «Fluminense» klubi Libertadores kubogida zafar quchib, turnirning so‘nggi ishtirokchisiga aylandi.

«Fluminense»dan tashqari, «Manchester Siti» (Angliya), «Leon» (Meksika), «Urava Red Daymonds» (Yaponiya), «Al-Ahli» (Misr), «Oklend Siti» (Yangi Zelandiya) va «Al-Ittihod» turnirda ishtirok etadi.

YeChL g‘olibi «Manchester Siti» turnirdagi ishtirokini yarimfinaldan boshlaydi. «Leon» — «Urava Red Daymonds» g‘olibi Angliya chempionlariga qarshi maydonga tushadi.

«Al-Ahli» -«Al-Ittihod»/«Oklend Siti» uchrashuvi g‘olibi esa yarimfinalda Libertadores kubogi sohibi «Fluminense» bilan ro‘baro‘ keladi.

Turnir Saudiya Arabistonining Jidda shahrida 12-22 dekabrda bo‘lib o‘tadi. Chempionatning amaldagi -olibi Madridning «Real» jamoasidir. Qirollik klubi shu yilning fevralida o‘tkazilgan musobaqa finalida «Al-Hilol»ni 5:3 hisobida mag‘lub etgandi.

Ma’lumot uchun, 2025 yildan ushbu turnirda 32ta jamoa ishtirok etishi kutilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring