«Klaviatura dastxati»ga qarab shaxsni aniqlash mumkin bo‘ldi

Foydalanuvchining shaxsini uning klaviaturada matnni qanday terishiga qarab aniqlovchi tizim ishlab chiqildi deb xabar berdi Naked Science.
Ushbu texnologiya matn terish tezligi, klavishni bosish dinamikasi, xatolar takrorlanishi va boshqa jihatlarni kuzatib boradi. Bu ma’lumotlar shablonlar bazasi bilan solishtiriladi. Agar ko‘rsatkichlar mos kelsa, tizim shaxsni tasdiqlaydi. Yozish odati («klaviatura dastxati») o‘zgarsa, shablon avtomat ravishda yangilanadi.
Ishlanma mualliflari — MIREA-Rossiya texnologiya universitetining «Axborotni himoyalash» kafedrasi talabalari Viktoriya Yefryukova va Matvey Stolnikov. Ularning aytishicha, shaxsni aniqlash uchun «klaviatura dastxati» uchinchi omil sifatida tatbiq etilsa, qo‘shimcha uskunalar talab qilmagan holda axborot xavfsizligini oshirish mumkin.
Yangi tizimdan kichik firmalardan tortib yirik korporatsiyalargacha foydalanishi mumkinligi aytilmoqda.
Ishlanma mualliflari endi insonning jismoniy holati uning klaviaturada yozish uslubiga qanday ta’sir ko‘rsatishini o‘rganishmoqchi. Bu tizim aniqligini yaxshilash imkonini beradi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter