Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Google o‘z tarixidagi eng yirik kiberhujumga uchraganini ma’lum qildi

Google o‘z tarixidagi eng yirik kiberhujumga uchraganini ma’lum qildi

Google qidiruv tizimi ishga tushirilganidan beri o‘z tarixidagi eng yirik kiberhujumga uchradi. Voqea shu yilning iyunida sodir bo‘lgan, biroq kompaniya matbuot xizmati buni endi oshkor qildi.

Aytilishicha, kiberhujum mahalliy vaqt bilan soat 09:45 da boshlanib, 2-daqiqasidayoq cho‘qqisiga chiqqan. Xakerlarning hujumi soat 10:54 da to‘xtatilgan.

Qidiruv tizimiga bir necha soniyada shunchalik ko‘p so‘rov yuborilganki, bu Wikipedia ga bir sutka davomida kelib tushadigan so‘rovlarga teng.

Xakerlar HTTPS-so‘rovlarni qo‘llashgan. Ular 132 mamlakatdagi 5 256 ta chiquvchi IP-manzildan yo‘llangan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring