Kitob hokimi kutilmaganda ishdan olindi
Kitob tumani hokimi sifatida ishlab ketgan Alisher Zokirov lavozimidan bo‘shatildi. Unga prezident o‘tkazgan yig‘ilishda hayfsan berilgandi.
Kitob tumani hokimi lavozimiga Pardayev O‘ktam Berdimurodovich tayinlangan. Bunga qadar O‘.Pardayev Savdo-sanoat palatasi Qashqadaryo viloyati hududiy boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yillar davomida Xabar.uz Kitob tumanidagi bir qancha muammolarni yoritgan va bevosita Alisher Zokirov bilan suhbat o‘tkazgandi. Sobiq hokim muammolardan birini 2022 yilda hal etishda va’da bergandi. Ammo bizdagi ma’lumotlarga ko‘ra, bu ish haligacha amalga oshmay qolib ketgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter