Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qashqadaryoda moratoriyga qaramasdan ko‘p yillik chinor daraxtlari kesib tashlandi

Qashqadaryoda moratoriyga qaramasdan ko‘p yillik chinor daraxtlari kesib tashlandi

Foto: Kusherbayevga murojaat.

Qashqadaryo viloyati, Kitob tumani markazida ko‘p yillik chinor daraxtlari kesib tashlandi. Ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu kesishga viloyat Ekologiya boshqarmasi ruxsat bergan. 

Daraxtlar kesilishi ijtimoiy tarmoqlarda noroziliklarga sabab bo‘ldi. Noroziliklar ortidan Kitob tumani hokimligi vaziyat yuzasidan izoh berib o‘tdi. 

«Kitob tumani hokimining 2019-yildagi qaroriga asosan, tuman hududidagi  4R-23L avtomobil yo‘lining 0-5 km qismida to‘la ta’mirlash ishlari olib borish jarayonida yo‘l qurilishi mintaqasiga tushgan ko‘p yillik daraxtlarni kesishga ruxsat berilgan.

Umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarini qurish va rekonstruksiya qilish direksiyasi davlat unitar korxonasi va viloyat Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi o‘rtasida 2019 yilda rasmiylashtirilgan hisob fakturaga asosan salkam 250 million so‘m to‘lab berilishi nazarda tutilgan va ushbu mablag‘lar to‘lab berilgan», deyiladi hokimlik munosabatida.

Eslatib o‘tamiz, Prezidentining «Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasini  transformatsiya qilish va vakolatli davlat organi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoni e’lon qilingandi. Unga ko‘ra, O‘zbekistonda daraxtlar va butalar qimmatbaho navlarining kesilishiga qo‘yilgan moratoriy talablarini buzganlik uchun ma’muriy jarimalar miqdori 5 baravarga oshiriladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring