Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Koronavirus vaksinasi sinovdan muvaffaqiyatli o‘tgani e’lon qilindi

Koronavirus vaksinasi sinovdan muvaffaqiyatli o‘tgani e’lon qilindi

Foto: «Freepressjournal.in»

Xitoyda koronavirusga qarshi birato‘la ikkita vaksina ustida ish olib borayotgan «China National Biotec Group» (CNBG) kompaniyasi preparatlardan biri odamlarda muvaffaqiyatli sinovdan o‘tganini e’lon qildi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, CNBG ning Pekindagi bo‘limi tomonidan yaratilayotgan vaksina sinovda qatnashgan 1 120 nafar sog‘lom odamning hammasida koronavirusga qarshi antitanacha ishlab chiqarishga yordam bergan.

OAV xabariga ko‘ra, CNBG ning Uxandagi bo‘limi tomonidan sinovdan o‘tkazilayotgan yana bir vaksina ham tajriba ishtirokchilarda koronavirusga qarshi antitanacha ishlab chiqarishga turtki bergan.

Xitoyning «National Pharmaceutical Group» davlat korporatsiyasiga aloqador CNBG ikki hafta oldin eng oxirgi — uchinchi bosqich sinovlarni BAAda o‘tkazish uchun ruxsat oldi. Biroq BAAda aynan qaysi vaksina sinovdan o‘tishiga oydinlik kiritilmagan.

OAVning ta’kidlashicha, koronavirusga qarshi vaksinalarning birato‘la sakkizta prototipini ishlab chiqish ma’qullangan Xitoy bu borada jahonda yetakchilik qilmoqda.

Biroq dunyo bo‘yicha ishlab chiqilayotgan vaksinalarning birortasi ham hali uchinchi bosqichgacha yetib bormadi: sinovning mazkur bosqichi uchun minglab ishtirokchilar talab etiladi. Tadqiqot virus keng tarqalgan mamlakatda, ya’ni tabiiy muhitda o‘tkazilishi kerak.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring