Kissinjer Xitoy va Rossiya mudofaa qobiliyatining o‘sishi AQSh uchun muammo deb hisoblaydi

AQShning sobiq Davlat kotibi (1973—1977-yillar) Geynri Kissinjer Xitoy va Rossiya mudofaa qobiliyatining barqaror o‘sishi milliy xavfsizligi uchun muammo deb hisoblaydi. U bu haqda seshanba kuni Senatning Mudofaa qo‘mitasi majlisida ma’lum qildi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.
«Hozirgi vaqtda asosiy element — bu AQShning yuqori martabali kishilarining Xitoy va Rossiya bilan aloqasidir. Xitoyning harbiy va iqtisodiy salohiyati tobora ortib borayotganiga shubha yo‘q. Rossiya bundan-da kuchayib bormoqda, buni Qrim, Ukraina, Suriya voqealari misolida ko‘rishimiz mumkin. Bu esa oldimizga jiddiy savolni qo‘yadi: ikki mamlakat o‘rtasidagi strategik aloqalar qanday», — deydi Kissinjer.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter