Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kira qilish uchun litsenziya varaqasini olish my.gov.uz’da arzonga tushadi

Kira qilish uchun litsenziya varaqasini olish my.gov.uz’da arzonga tushadi

Foto: «Xabar.uz»

Yengil avtomobilda yo‘lovchi tashish litsenziya varaqasini olishning yangi tartibi joriy qilindi.

Haydovchi, avvalo, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali masofadan yoki Davlat soliq inspeksiyasi hududiy bo‘limiga borgan holda o‘zini o‘zi band bo‘lgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tishi lozim.

Ro‘yxatdan o‘tish va guvohnoma olish bepul.

Haydovchi my.gov.uz orqali yoki DXMga kelgan holda yengil avtomobilda yo‘lovchi tashish litsenziya varaqasini olish uchun 1 yilga 300 ming so‘m davlat boji to‘lab, litsenziya varaqasini oladi.

My.gov.uz orqali murojaat qilinganda 10 foiz chegirma qo‘llaniladi, ya’ni 270 ming so‘m to‘lanadi.

O‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tgan haydovchi rasmiy ish stajiga ega bo‘lishni istasa, ixtiyoriy ravishda 1 yil uchun 300 ming so‘m ijtimoiy soliq to‘lashi mumkin.

Ijtimoiy soliq to‘lash o‘zini o‘zi band qilganlar uchun ixtiyoriy sanaladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring