Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kinematografiya agentligi yosh talabalarga grantlar taqdim etdi

Kinematografiya agentligi yosh talabalarga grantlar taqdim etdi

Bugun Kinematografiya agentligi hamda Butunrossiya davlat kinematografiya instituti (VGIK) Toshkent filialining «Milliy kinematografiya va BDKI: o‘tmish, bugun va kelajak» mavzusidagi ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Konferensiyada Butunrossiya davlat kinematografiya institutining o‘zbekistonlik talabalar uchun maxsus stipendiyalari topshirildi.

Institutning Toshkentdagi filiali talabalarining hujjatli filmlari uchun grantlar taqdim etildi.

Konferensiyada kinoekspertlarning milliy kinematografiya sohasi bo‘yicha dolzarb mavzudagi ma’ruzalari tinglandi. Jumladan, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi Qamara Kamalovaning «Kino san’ati: kecha va bugun», institut professori Odelsha Agishevning «VGIK: o‘tmish va bugun» va boshqa ma’ruzalari eshitildi.

Konferensiyada Butunrossiya davlat kinematografiya instituti rektori, akademik Vladimir Malishev ham ishtirok etdi.

Mazkur konferensiya videoko‘prik aloqalarni o‘rnatdi. Unda Zoom platformasi orqali Butunrossiya davlat kinematografiya instituti bilan videomurojaatlar o‘rnatildi. Jumladan, Rossiyada xizmat ko‘rsatgan artist Farhod Mahmudov Rossiyadan, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Seydulla Moldaxanov AQShdan konferensiya ishtirokchilariga videomurojaat bilan chiqdi.

Ma’lumot uchun: o‘zbekistonlik talabalar ma’lum muddat VGIKda tahsil olmayotgan edi. 2020 yilda Kinematografiya agentligi hamda VGIK o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolanib, birinchi yil 7 nafar talaba, joriy yil sentyabr oyida 22 nafar talaba o‘qishga yuborildi. Shuningdek, talabalarning shartnoma pullari agentlik tomonidan qoplab berildi. Hozirda agentlik tomonidan abituriyentlar uchun kinematografiyaning turli yo‘nalishlari bo‘yicha tanlov e’lon qilingan.

Shuningdek, joriy yilda bo‘lib o‘tgan Toshkent xalqaro kinofestivalida Butunrossiya davlat kinematografiya institutining (VGIK) Toshkent filiali ochildi. Hozirda unda dramaturgiya va kinoprodyuserlik yo‘nalishlari bo‘yicha talabalar tahsil olmoqda.

Kinematografiya agentligi tomonidan o‘tkazilayotgan «Milliy kinematografiya – Yangi O‘zbekiston timsoli» kino oyligi davom etmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring