Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kim uzoqroqqa boradi — bosh vazirmi yo salat?

Kim uzoqroqqa boradi — bosh vazirmi yo salat?

Daily Star tabloidi YouTubeda antiqa onlayn-translyasiya boshladi. Bukmekerlar Liz Trass 35 kundan so‘ng lavozimidan iste’fo berishini kutishyapti — salat (suratdagi sabzavot) chiriy boshlashi uchun shuncha vaqt kerak bo‘larkan. Buning ehtimoli: 6 ga 1.

Liz Trass Buyuk Britaniya hukumati hamda Konservativ partiyani boshqarayotganiga atigi 37 kun bo‘ldi. Ushbu lavozim uchun kurashayotganida u soliqlarni sezilarli kamaytirishga, milliy iqtisodiyotni uzoq yillik turg‘unlikdan olib chiqishga va’da bergandi. Vaholanki, Trass hukumat tepasiga kelganidan so‘ng funt sterling Margaret Tetcher zamonidan buyon eng pastlikka quladi.

Sobiq moliya vaziri Kvazi Kvarteng 23 sentyabr kuni e’lon qilgan fiskal siyosat konsepsiyasi aslida Trassning soliqlarni pasaytirish siyosatiga hamohang edi. Biroq bozor bunga shunchalik salbiy aks-sado berdiki, oqibatda Angliya banki pensiya jamg‘armasiga zarba bo‘lmasligi uchun aralashishga majbur bo‘ldi. So‘rovlar Konservativ partiyani qo‘llovchilar keskin kamayib ketganini ko‘rsatmoqda, partiyadoshlari o‘z kursini o‘zgartirishni talab qilib bosh vazirga bosim o‘tkazishni boshlashdi.

Endi, Reuters e’tibor qaratishicha, Trass investorlarni tinchlantirish uchun davlat xarajatlarini qisqartirish va soliqlarni oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar paketini shakllantirishga majbur.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring