Kim Chen In Singapurga yetib keldi (video)
Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen In bugun, 10-iyun kuni Xitoyning «Air China» aviakompaniyasiga tegishli reys bilan Singapurga yetib keldi. Siyosatchi uchib kelgan samolyot Changi aeroportida qo‘ndi, deb xabar qilmoqda «The Strait Times».
Xabar qilinishicha, Changi aeroportining VIP-kompleksi yo‘li Kim Chen Inning tashrifidan so‘ng politsiya bilan qurshab olingan. Taxminlarga ko‘ra, Kim Chen Inning korteji lyuks klassli «St Regis» mehmonxonasiga yo‘l olgan. Shimoliy Koreya delegatsiyasi mazkur mehmonxonada istiqomat qilishi kutilmoqda.
Singapurning Tashqi ishlar vaziri Vivian Balakrishan o‘zining «Twitter»dagi sahifasida Kim Chen In bilan qo‘l siqishib turgan suratini joylab, uning mamlakatga tashrifini tasdiqladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter