Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kim Chen Inning qiyofadoshi AQSh-KXDR sammiti arafasida Vetnamdan chiqarib yuborildi

Kim Chen Inning qiyofadoshi AQSh-KXDR sammiti arafasida Vetnamdan chiqarib yuborildi

Foto: RIA «Novosti»

KXDR yetakchisi Kim Chen Inning avstraliyalik qiyofadoshi bo‘lgan X.Govard joriy yilning 27-28-fevral kunlari Vetnamda bo‘ladigan AQSh va Shimoliy Koreya rahbarlari uchrashuvidan avval mamlakatdan chiqarib yuborildi. Bu haqda «Reuters» xabar berdi.

Govardning so‘zlariga ko‘ra, uni mamlakatdan chiqarib yuborishdan oldin bir muddat tutqunlikda ushlab ham turganlar.

«Shimoliy koreyaliklarda yumor hissi yo‘q. Satira har qanday diktaturaga qarshi kuchli quroldir», — degan Kim Chen Inning qiyofadoshi.

Avval xabar berganimizdek, Donald Tramp va Kim Chen In 27-28 fevral kunlari Xanoyda uchrashadilar.

2018-yil 12-iyundagi birinchi AQSh-Shimoliy Koreya sammitida ham Kimning qiyofadoshiga tadbirlar o‘tayotgan joyga yaqinlashish taqiqlangan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring